Toptalga A'zo Bo'lish Haqida
Farrukh Atabekov / June 26, 2022
5 min read • ––– views
Toptal qanday platforma ?
Toptal boshqa frilenserlik platformalaridan tubdan ajralib turuvchi hamda kandidatlar orasidan eng yaxshi 3% ni tanlab olishini da’vo qiluvchi frilenserlik platformasi hisoblanadi. Ushbu post orqali bu da’vo qanchalik to’gri ekanligini ko’rishimiz mumkin.
Toptalda butun dunyo bo’ylab deyarli 10 000 atrofida doimiy frilanserlar bo’lib, asosan da’sturchilik, moliya, design, projekt boshqaruvi kabi sohlarda xizmat ko’rsatadi. Toptalning boshqa frilanerlik platformalaridan ya’na bir farqi bu yerda asosan doimiy yoki ko’p vaqtli projektlarga ishchilar qidiriladi. Bu platformada Airbnb, Udemy, Shopify ka’bi kompaniyalar ham o’zlariga talant izlashgan.
Ushbu postda Toptalga suhbat jarayoni, unga tayyorlanish haqida bo'lsa keyingi blog Toptal ga ishga kirgandan keyin, unda qanday ish topish hamda soatiga qancha $ belgilash mavzulari haqida bo'ladi.
Dasturchilikni o’rganishni boshlaganimda frilenserlik qilishni xoxlamaganman. Uydan ishlash g’oyasi yoqsada, lekin mijoz bilan gaplashish, uni ko’ngliga qarash agar ish yoqmasa pul ola olmaslik kabi to’siqlar tufayli frilanserlikdan uzoqroq yurganman. Lekin Toptal bu fiklarimni o’zgarishiga sabachi bo’ldi desam mubolag’a bo’lmaydi.
Toptal suhbat jarayoni haqida
Toptal boshqa katta kompaniyalar singari 4-5 ta qismdan iborat suhbat jarayonini olib boradi hamda asosan 2 yildan ortiq ish tajribasi borlarnigina suhbatdan o’tkazadi.
Bular:
- Ingliz tilida suhbat
- Online koding test
- Online video orqali texnik suhbat
- Projekt yasash
Da’sturchining tajribasi va mutaxassisligiga qarab har bir qismi turlicha shaklda bo’lishi mumkin.
Ingliz tilida suhbat
Ushbu qismda kandidatning ingliz-tili da faol gaplasha olishi hamda dasturchilik bo’yicha yetarlicha tajriba borligi to’g’risida do’stona suhbat bo’ladi. Suhbat 15 minutdan 30 minutgacha davom etishi mumkin.
Online koding test
Suhbatdan o’tgandan keyin ular email orqali keyingi bosqich haqida ma’lumot yuborishadi.
Koding testda 3-4 misol bo’lib LeetCode dagi medium hamda hard darajasida bo’lishi mumkin.
Shahsan men shu bosqichni jarayonni eng qiyin qismlaridan biri deb o’ylayman va bunga yaxshilab tayyorgarlik ko’rishni maslahat beraman. Bunga tayyorlanish uchun:
- LeetCode - Top Interview questions
- Codility Lessons
- Cracking The Coding Interview kitobi
yaxshi manbaa deb o’ylayman.
💡 Bu qismda javobni internetdan ko’chirganingizni payqashsa Toptalga a’zo bo’lishdan 5-6 yilga yoki butunlay chetlatishilingiz mumkin.
Men bu yerda eslatib o’tilgan Speed Coding Challengedagi natijam tufaylik bu qismdan avtomatik o’tkazib yuborilganman. Ha, Toptalning o’zi uyushtiradigan koding tanlovlarida qatnashib turish ham platformaga a’zo bo’lishingizda yordam berishi mumkin.
Online video orqali texnik suhbat
Koding testdan o’tgan bo’lsangiz, tabriklayman 👏 🎉. Butun jarayonning eng qiyin qismidan o'ta oldingiz.
Koding testdan keyin, texnik suhbat bo'lib, nisbatan osonroq bo'ladi. Toptal email orqali texnik suhbat ga vaqt tanlashingizni so'raydi. Vaqt qachon tanlashingiz o'zingizga bog'liq. Agar tayyorlanish uchun vaqt kerak deb bilsangiz, butun jarayonni ham 1-2 oyga to'xtatib qo'yishingiz mumkin. Sinovdan o'ta olmay, 6 oy yoki 1 yil kutgandan, 1 oy yaxshi tayyorlanib, sinovdan o'tish imkoniyatingizni oshirganingiz yaxshi. Shahsan men ishim tufayli, bu bosqichni 1.5 oy kechiktirganman.
Texnik suhbatda asosan 2 ta savol berilib, suhbat jarayonida muammolarni yechishingiz va javobingizni tushunturib berishingiz so’raladi. Har bir masalani ishlashingizga 15 minut atrofida vaqt beriladi. Bilishimcha, bu bosqich ham sohaga qarab har xil shaklda bo’ladi. Masalan, front end da’sturchilarga React framevorkdan bitta algoritm misollardan bitta tushsa tajribaliroq da’sturchilarga faqat algoritmik problemalar tushushi mumkin.
Menga React masaldan bitta hamda array ga aloqador masala tushdi. Ikkalasini ham berilgan vaqtda ishlay oldim. Bu bosqichdan o’tgan o’tmagangiz shu yerda hal bo’ladi ya’ni masalalarni berilgan vaqt ichida ishlasangiz o’tasiz aks holda bosqichdan yiqilgan hisoblanasiz.
Algoritm masalari asosan array, hashmap, string lardan tushushi e'htimoli katta.
Projekt yasash
Eng oxirgi bosqich uyga vazifa bo’lib berilgan requirementlarga qarab projekt yasab berishingiz kerak bo’ladi. Projekt requirementlariga bog’liq holda 1 yoki 2 haft vaqt berilishi mumkin.
Menga bir hafta ichida Kaloriya hisoblovchi mobil ilova tuzish projekti berildi. API dan tortib mobil ilovani bir hafta ichida tuzib chiqdim. Requirementda back end shart emasligi agar zarurat bo’lsa Firebase ishlatishim mumkinligi aytilgan edi. Lekin hammasini o’zim tuzushni afzal bilib full-stack tarzda yaratdim.
Ishlatilgan texnologiyalar:
- React Native
- PostgreSQL
- NodeJs
- Express
- Swagger
- JWT
Shundan keyin tuzilgan projekt bo’yicha texnik suhbat bo’ladi. Sizdan projektdagi kamchiliklar yoki har xil use caselarga qay tarzda javob bera olishi so’raladi. Misol uchun, API ga number yuborilishi kerak bo'lgan taqdirda, u yerga hech narsa yubormaganda nima bo'lishi, mobile ilova internet orqali ishlaydigan bo'lsa, foydalanuvchining interneti ishlamay qolganda, mobil ilova qay tarzda javob berishi ka'bi savollar so'ralishi mumkin. Projektni o’zingizga ma’qul texnogiyalar orqali tuzushni va juda yaxshi habardor bo’lmagan narsalaringizni ishlatishmaslikni maslahat berardim.
Mening projektimdan ham yetarlicha kamchiliklar topildi va projekt qoniqarlik bo’lmagandek tuyuldi. Lekin menimcha front end bo’lishi kutilgan projektni, full-stack qilib boshdan oyoq bir hafta ichida tuzganim uchun qo’shimchi imtiyoz berilgan bo’lishi mumkin.
Toptalning ishga olish jarayoni shu qismlardan iborat bo’ldi. Keyingi blog Toptalga kirgandan keyin u yerda ish topish va soatiga qancha $ belgilash haqida bo’ladi.
Agar Toptalga topshirish maqsadingiz bo’lsa, quyidagi linkdan ham foydalanishigiz mumkin. Agar sinovdan muvaffaqiyatli o’tsangiz sizga ham menga ham 2500$ gacha bonus beriladi.
Toptalga topshiradigan bo’lsangiz, interview jarayoniga tayyorlanish uchun foydali blog bo’ldi degan umiddaman 🏆.
You can also subscribe to my telegram channel where I share new articles, tech-related posts and more.
- subscribers