Toptalga A'zo Bo'lgandan Keyin

Farrukh Atabekov

Farrukh Atabekov / June 30, 2022

10 min read––– views

Agar Toptal ga a’zo bo’lgan bo’lsangiz, tabriklayman.

Toptal Interview Pass Congratulations

Oldingi postda aytib o’tilgandek, bu blog Toptalga a’zo bo’lgandan keyingi vaziyat haqida bo’ladi. Ko’p postlarodata katta kompaniyalarga ishga qanday kirish, suhbat jarayoni haqida yozib ishga kirgandan keyingi vaziyat haqida, o’sha kompaniyada qancha pul topish oraliqlari va kompaniyaning ishchilarga qanday qulayliklar yaratib berish haqida kam yozishadi. Bu ma’lumotlarning da’sturchilar qo’lida bo’lishi, ular u kompaniyaga ishga kirgandan keyin nimalar kutish kerakligi yoki o’sha kompaniyada muvaffaqiyatli faoliyat olib borishi uchun qanday yo’l tutushi uchun yaxshi qo’llanma bo’ladi deb o’ylayman.

Toptalga ham a’zo bo’ldi degani, ish bitti buyog’i besh degani emas. A’zo bo’lgandan keyin ham bu platformada ish topish uchun qilinishi kerak bo’lgan narsalar birozgina, lekin ayta olamanki harakatlar bunga arziydi.

Bu blog quyidagi mavzularni qamrab oladi:

A’zo bo’lgandan keyingi bosqichlar

Toptalga a’zo bo’lgandan keyin darhol ishga topshirib keta olmaysiz. Bundan oldin boshqa kompaniyalar bilan bo’lgani kabi joylashtiruv (onboarding) bo’ladi.

Birinchi navbatda Toptal tomonidan tuzilgan bir nechta hujjatlarni imzolash kerak. Bu hujjatlarning oxirgisida dasturchidan Toptalda nimalar kutulishi va mijozlar bilan ishlayotganda yodda tutish kerak bo’lgan qoidalar haqida bildirma bo’ladi. Bu hujjat bilan yaxshilab tanishib chiqishni, agar tushunmagan joy bo’lsa recruiter ga email yozishni maslahat beraman. Shu dokument mijoz bilan bo’ladigan munosabat asosini tashkil qiladi.

Keyin esa Toptal platformasida portfolio sahifa yaratish kerak. Toptal bu masalada ancha yordam beradi va sahifa online bo’lishidan oldin ko’rib kerakli joylarini o’zi to’g’irlab beradi. Bu resume sahifa mijoz da’sturchi haqida ko’radigan eng birinchi narsa hisoblanadi va ish topishda juda muhim o’rin tutadi. Shuning uchun iloji boricha ko’rzga ko’rinadigan tajribalarni yozishni hamda bir nechta shaxsiy tarzda tuzilgan projektlarni bu yerda qo’yish ish topish imkoniyatni ancha yaxshilaydi. Toptal asosan yuqori tajribali frilanserlarni da’vo qilgani uchun, bu sahifaga ham chuqur e’tibor qaratadi.

Meni Toptaldagi resumemni bu yerda ko’rishingiz mumkin.

Soatiga qancha pul topish mumkin ?

Keyingi qism da’sturchi o’zi uchun soatiga to’lanadiga pulni belgilashi kerak bo’ladi. Ko’pchilik bu haqda Toptal da’sturchiga narxni belgilash da ta’sir o’tkazadi deb o’ylar ekan. Toptalda qancha pul topishni belgilash mutloq da’sturchining o’ziga bog’liq. Lekin shu bilan birgalikda frelanserdan o’zi yashayotgan hududni inobatga olib narx belgilashi maqsadga muvofiq bo’ladi. Ya’ni Amerika yoki Yevrepoda yashayotgan dasturchilarning to’lanishi kerak bo’lgan soliq va yashash harajatlari yuqoriroq bo’lgani uchun ulardan yuqoriroq narx kutilsa rivojlanayotgan mamlakatda yashayotgan dasturchilardan nisbatan arzonroq narx kutiladi. Lekin yana eslatib o’tish joiz, agar dasturchi soatiga 100$ belgilashga tajribam yetadi deb o’ylasa, Toptal bunga qarshi chiqmaydi, dasturchi qayerda yashashidan qa’ti nazar. Lekin platformada u narxda pul tolaydigan kompaniya yoki mijoz ni topish uchun dasturchi kuchli mutaxasis yoki tajriba egasi bo’lishi kerak.

Meni bilganlarim dan kelib chiqgan holda rivojlanayotgan mamlakatlarda, shuningdek O’zbekistonda ham dasturchilar soatiga 30$ ~ 70$ atrofida narx belgilashadi. Bundan yuqoriroq narx belgilash uchun tanqis mutaxassis egasi hamda osha mutaxassislikda yaxshi tajriba egasi bo’lishi kerak deb o’ylayman.

Toptal dasturchi belgilagan soatlik narxni hammasini dasturchiga to’laydi va foydani asosan mijozdan oladi. Daromad soliqi kabi to’lovlarga dasturchining o’zi ma’sul.

Dasturchilar soatlik narxni bemalol o’zgartirishlari mumkin. Uzoq muddatli ishlarda ham Toptal hamda mijoz bilan kelishgan holda narxni o’zgartirish mumkin.

Yuqoriroq narx belgilash uchun iloji boricha qimmatroq narxdan boshlab agar u narxda ish topilmangan taqdirda pastga tushib kelinsa, dasturchi o’z tajribasiga mos kelgan qimmatroq narxni topishi mumkin.

Shu bilan birgalikda quyida Toptalda ishlagan Carlos Roso ismli da’sturchining Amazonga (Yevropa filliali) ga ishga o’tgani va u yerda Toptaldagidan kamroq mablag’ topayotganini o’qishingiz mumkin.

Toptalda ish topish

Hujjatlarga imzo qo’yildi, narx ham belgilandi. Va nihoyat ish qidirishga tushamiz.

Toptal Interview Pass Congratulations

Toptal da ish topish boshqa platformalardan tubdan farq qiladi va bu yerda mijozlar asosan full-time yoki yarim stavkada uzoq muddat (6 oy ~ 1 yil) ishlay oladigan frelanserlar qidirishadi.

Mijoz o’ziga dasturch izlab Toptalga murojaat qiladi va ular Toptalda recruiterlarga biriktiriladi. Mijozdan ish tavsifini olgandan keyin recruiterlar ish haqida dasturchilarga post qoyadi yoki ozlari o’sha ishga mos deb bilgan dasturchilarni bilishsa ularga so’rov, ya’ni “Bu ish sening tajribanga hamda bilgan texnologiyalaringa mos ekan. To’gri deb bilsang seni portfolingi mijozga yuboraman” tarzda habar yuborishadi. Agar portoflio mijozga ma’qul bo’lsa, mijoz bilan suhbat belgilanadi. Statistikaga ko’ra Toptal mijozlari odata 1.7 atrofida dasturchilarni tekshirishadi ya’ni portfoli mijozga yuborilsa suhbatga chaqirilish ehtimoli katta.

Mening uchun aynan shu Toptalning shu hususiyati qulaylik yaratgan. 2-3 yil oldin Upwork da ish topishga harakat qilib ko’rganman lekin unda doimiy tarzda ishlarga topshirish, chala yozilgan ish tavsiflarini o’qish hamda past qo’yilgan narxlarni ko’rib asabim buzilardi. Lekin Toptalda recruiterlarning o’zi menga ish topishi, mijoz bilan Toptalning o’zi ishlab ish tavsiflarini aniqlashtirishi men uchun frelanserlikni qulay hamda ishonchi daromad ko’rinishga keltirdi. Endi ish qarashni boshlaganimdanoq, kuniga recruiterlardan 4-5 ta so’rov qabul qilardim.

Har bir mijoz dasturchini ishga olish uchun o’zining suhbat jarayonini o’tkazadi. Bunda algoritmik masalalar, projekt ga aloqador savollar hamda dasturchining ish tajribasiga oid muhokamalar bo’ladi. Toptal mijozlari dasturchilarni expert darajasida ko’rishadi va shunga yarasha muhokama va savollar o’tkazishadi. Sohangiz bo’yicha so’raladigan chuqur savollarga javob , yangi texnogiyalar bo’yich muhokamalar o’tkazishga tayyor turing.

Sinov muddati

Shu bilan birgalikda Toptal ma mijoz bilan ishlashni boshlagandan keyin mijoz 2 haftagacha sinov muddati o’tkazishi mumkin. Agar sinov davomida dasturchining ishi mijozga yoqmay qolsa mijoz ishni bekor qilishi mumkin hamda buning uchun Toptalga to’lov to’lashi shart emas.

Agar mijoz dasturchining tajribasizligi tufayli ishni bekor qilgan bo’lsa, Toptal dasturchiga hech nima to'lamaydi lekin boshqa sababga ko’ra to’xtatilgan bo’lsa Toptal dasturchiga o’zining yonidan kelishilgan narxning yarmini to’laydi.

Buni Toptal mijozlarga o’z platformasidagi dasturchilarga qanchalik ishonishini ko’rsatish maqsadida yo’lda qo’ygan desa bo’ladi. Bilishimcha bunday holatlar juda kam, tanishlarim orasida sodir bo’lganini eshitmaganman. Bu xususiyat mijozning Toptalga bo’lgan ishonchini oshirish hamda Toptal o’zining servisiga kafolat sifatida yo’lga qo’yilgan desa noto’gri bo’lmaydi.

Toptalda pul qay tarzda yuborilishi

Toptalda invoice 2 haftada bir marta chiqariladi. Invoice chiqqanidan 20 kun keyin pul Toptal Payments deb atilgan platformada frelanserning hisobiga o’tkaziladi. U yerdan pulni o’z hisob raqamiga o’tkazib olishi mumkin. Hozirgacha Toptal tomonidan pul yuboriladigan oraliq yoki vaqtda muamo bo’lgani yo’q. Bilishimcha O’zbekistonda ham pulni bir necha kun ichida mahalliy banklarda ochilgan Visa, Mastercard xisob raqamlariga tushurib olish mumkin. Toptal jamoasiga qo’shilsangiz bu borada Toptal guruhlaridan yetarlicha yo’llanma olishingiz mumkin.

Shu bilan birgalikda Toptal o’zining debit plastik kartalarini ham dasturchilarga yuborishi mumkin. Bu karta orqali siz Toptal payments dagi mablag’larni bemalol ishlatish mumkin.

Toptal da’sturchilarga yaratadigan qulayliklar

Toptal faqatgina frelanserlik platofrmasi emas balki networkdir. Bu networkda dasturchilar uchun juda ko’p qulayliklar ko’rdim.

  • Frelanserlik asosan online bo’lgani uchun dasturchilar odatda yolg’iz ishlashi mumkin. Bunga qarshi Toptal har mamlakatda o’zining a’zolarini tez tez uchrashib turishga harakat qiladi va qandaydir eventlar tashkillashtirilsa harajtlarini qoplaydi.
  • Dasturchilar o’rganishi uchun platformalar, agar dasturch biror bir sertifikatga imtihon topshiradigan bo’lsa uning harajatlari. AWS Certifications, DevOps kabi training courselarni tashkillashtiradi
  • Speaking eventlar. Doimiy tarzda Toptalda dasturchilar uchun qiziqarli bo’lgan mavzularda online tabdirlar uyushtirilib savollarga javob berib boriladi.

Agar Toptalga topshirish maqsadingiz bo’lsa, quyidagi linkdan ham foydalanishigiz mumkin. Agar sinovdan muvaffaqiyatli o’tsangiz sizga ham menga ham 2500$ gacha bonus beriladi.

Toptal FAQs

💡 Toptal haqida so’ralgan savollarga javoblar. Hammasi o’z tajribamdan kelib chiqgan holda javob beryapman, rasmiy Toptal javoblari sifatida qabul qilinmasin.

Toptalga a’zo bo’lgandan keyin qancha vaqtda ish topish mumkin ?

Bu dasturchining mutaxassisligi, tajribasi, bilgan texnologiyalri ka’bi faktorlarga juda ham bog'liq. Umumiy holda 2+ yillik tajribasi bor dasturchilar 2-4 hafta ichida ish topa oladi deb aytgan bo’lardim.

Toptalga doimiy daromad manbai sifatida qarash mumkinmi ?

Koreyada 2 yillik tajribalik dasturchi sifatida topgan daromadimdan Toptalda bir necha barobar ko’p topyapman va ish lar ham haftasiga asosan 20 yoki 40 soat. Ayniqsa O’zbekiston sharoitida doimiy mablag’ qarasa bo’ladi.

Toptalda qanday ishlar topishim mumkin ?

Albatta web dasturlashga boshqa sohalarga qaraganda talab katta. Lekin shu bilan birgalikda blockchain, AI, data science ka’bi yo’nalishlarga ham ishlar ancha ko’paygan. Asosan haftasiga 40 yoki 20 soatlik ishlar.

Interview ga qanday tayyorlangan yaxshi ?

Dasturchiga ingliz tilni yaxshi bilish hamda algoritm misollar yechish ko’nikmasi kifoya. Shu bilan birgalikda kamida 2 yillik ish tajriba ham bo’lishi zarur. Toptal dagi interview jarayoni haqida bu yerdagi blogimni o’qishingiz mumkin.

Toptal qancha narx to’laydi ?

Toptalda o’z soatlik narxingizni o’zingiz belgilaysiz. Toptalda ishlayotganlar o’z narxlarini NDA tufayli ayta olmaydi. Lekin bu haqda Toptalning o’z saytida ko’proq ma’lumot olishingiz mumkin.

Toptalda faqat qisqa muddatli ishlarmi ?

Yo’q, shaxsan o’zim haftasiga 40 soatdan 3 oydan beri ishlab kelaman. Birinchi Toptaldagi ishim. Ishlar asosan 6 oydan 24 oygacha bo’lishi mumkin. Agar mijoz bilan munosabat yaxshi bo’lsa, ular dasturchini Toptaldan chiqarib o’z kompaniyasiga doimiy ishchi sifatida qo’shib olishlari ham mumkin.

Toptal bayram kunlari uchun pul to’laydimi ?

Yo’q. Mijoz ishlangan soatga pul to’laydi. Bayram kunlari kelishgan holda dam olish mumkin.

Toptal da pensiya, sog’liqni saqlash harajatlari yoki boshqa ishchi foydalari bormi ?

Yo’q. Bularning hammasiga frelanserning o’zi ma’sul hisoblanadi.

Soliq sifatida topgan puldan qirqib qolinadimi ?

Yo’q, topgan pulingizni hammasi to’liq tarzda yuboriladi. Soliq kabi to’lovlarga frelanserning o’zi ma’sul.

Ish tajriba 3 yil bo’lishi shartmi ?

Ish tajribasi 2 yildan ortiq bolishi shart. Aks holda Toptal suhbatni boshidayoq jarayonni to’xtatadi.

Dasturchi senior bo’lishi qanchalik muhim ?

Senior abstract tushuncha. Buni belgilash uchun ishlatiladigan tamoyillardan biri ish tajriba yillar soni. Shu jihatdan Toptalga qo’shilish uchun eng kam ish tajriba 2 yil bo’lishi kerak.

Universitet diplomi bo’lmaganlarnga minus jihatlar bormi ? Minuslar bo’lsa, ularni bartaraf etish uchun nima qilish kerak ?

Diplom bo’lishi yaxshi albatta. Lekin dasturchi sifatida 2 yoki 3 yil tajribaga ega bo’lganda keyin diplomga bo’lgan e’tibor kamayib dasturchining mahorati shu tajribasi davomida nimalar qila olgani bilan o’lchanadi.

Shu jihatdan Toptalga a’zo bo’lishda diplom rol o’ynamaydi, ish topishda ozgina rol o’ynashi mumkin. Lekin diplomsiz ham bemalol ish topib ishlash mumkin.

Kirish suhbati qanchalik qiyin ?

Kirish suhbati haqida bu blogda to’liq o’qishingiz mumkin.

Toptalda qiziqarli va nimadir o’rgansa bo’ladigan katta projektlar bormi o’zi ?

Ishontirib aytamanki qo’yiladigan ishlarning ko’pi qiyin hamda o’rganishga arzirli. Asosan katta komnpaniyalar va katta projektlar bo’yicha ishlar qo’yiladi

Ish topish uchun boshqa Toptal ishchilari bilan raqobat qanday ?

Juda kuchli. Ba’zida ish qo’yilgan bo’lishiga 3-4 minut bo’lmasdan ishchi topildi kabi holatlar bo’ladi. Lekin shunga qaramasdan ishlar sonining ko’pligi uchun dasturchilarga ish yetadi.

Ishimni Toptal ni deb tashlab ketishga ikkilanyapman ? Toptalni doimiy mablag’ manbai sifatida ko’rsa bo’ladimi ?

Ish tashlab ketishga hojat yo’q. Toptalda suhbatdan o’tgan taqdirda, avvaliga yarim stavka yoki undan ham kamroq ishlab ko’rish mumkin. Agar ma’qul kelsa ishdan ketish mumkin, aks holda ishda qolgan yaxshi.

O’zimni ishimdan Toptaldagi sinov muddati tugab, to’liq stavkada ish boshlaydigan bo’lgandan keyin chiqib ketganman.

Soatiga 100$ dan ko’p topaman ? Toptalda bundan ko’p topa olamanmi ?

Agar 100$ ko’p topadigan bo’lsa, o’sh ishda qolgan yaxshiroq. Toptalda bu darajada pul topish uchun yaxshigina tajriba hamda mutaxassislikga ega bo’lish kerak.

Soatlik narxni o’zgartirish qanchalik qiyin ?

O’zgartirsa bo’ladi. Ba’zida yangi narx ishlayotgan ishingiz ga emas keyingisidan amal qilishi mumkin.

References

You can also subscribe to my telegram channel where I share new articles, tech-related posts and more.

- subscribers