Dasturlash musoboqalari

Farrukh Atabekov

Farrukh Atabekov / July 07, 2022

3 min read––– views

Top kompaniyalar (FAANG yoki MAANG) ga bir necha yo’llar orqali ishga taklif olish mumkin.

Bular:

  1. O’sha kompaniyalar websitedan yoki boshqa ish saytlaridan topshirish va ulardan javob olish
  2. LinkedIn va shunga o’xshash platformalar orqal taklif kelishi. Albatta, tajriba va portfolingiz yaxshi bo’lgan taqdirda
  3. Referral yoki network orqali. Ya’ni kompaniyada ishlaydigan dasturchilar sizni kompaniyaga tavsiya qilishi.
  4. O’sha kompaniylar doimiy tarzda uyushtiradigan dasturlash musoboqalarida qatnashib, yaxshi na’tija ko’rsatish va shu tarzda kompaniya e’tiboriga tushib, kompaniyadan taklif olish. Bunda asosan, natijangiz yaxshi bo’lsa ishga kirish sinovlarining bir nechtasidan avtomatik o’tkazib yuborilishing yoki ishga kirish sinovi umuman bo’lmasligi mumkin.
Toptal Interview Pass Congratulations

Menimcha 1, 2 yoki 3 yo’llar haqida ko’p gapirishga hojat yo’q. Bular haqida internetda yetarlicha ma’lumot bor hamda bular har qanday ishga kirishning odatiy usullari hisoblanadi.

Bu post eng oxirgi usul ya’ni kompaniyalar uyushtiradigan doimiy musoboqalar va shu kompaniyalarga ishga kirishingizda bu musoboqalar qanday yordam bera olishi haqida bo’ladi.

Nega kompaniyalar bu musoboqalarni uyushtirishadi ?

O’zining asos solinishiga ko’p bo’lmasdanoq, Facebook va Google doimiy tarzda ya'ni 2000 yilning boshlaridanoq dasturlash musoboqalarini o’tkazib kelishadi. Bunga asosiy sabab o’zlariga iste’dodli talantlarni rag’batlantirish orqali jalb qilishdir.

Bu musoboqalarda beriladigan misollar ancha qiyin, ehtimol bilan kompaniya o’zi ham yechishiga to’gri kelgan bo’lishi mumkin. Shu bilan birgalikda bu misollarni yecha olmasangizda lekin musoboqada yaxshi natija ko’rsata olsangiz ham bu kompaniyalardan taklif olishi mumkin.

Top kompaniyalar uyushtiradigan musoboqalar

Code Jam [Google]

code jam Google tomonidan 2003 yildan be’ri o’tkazib kelinadigan musoboqa va odatda 50,000 ~ 100,000 mingta dasturchi qatnashadi. Musobaqa davomida algoritmik masalalar berilib, belginangan vaqt ichida ishlash talab e’tiladi. Yuqori 3 o’rin egalariga rag’bat ham bo’ladi.

Hash Code [Google]

hash code jamoaviy dasturlash musoboqasi bo’lib, o’z jamoangiz bilan qatnashishingiz yoki hash code ga topshirgan dasturchilardan jamoa tuzishingiz mumkin. Bu musoboqada tushgan oldingi misollarni shu yerda ko’rishingiz mumkin.

Kick Start [Google]

kick start — Google enginerlari tomonidan ishlab chiqilgan turli xil algoritmik vazifalarning uch soatlik raundlaridan iborat global onlayn kodlash musobaqasi. Ishtirokchilar yil davomida oʻtkaziladigan bir yoki barcha onlayn turlarda raqobatlashishlari va Google’dagi martaba uchun zarur boʻlgan texnik koʻnikmalarga bir nazar tashlab, oʻzlarining dasturlash qobiliyatlarini rivojlantirishlari mumkin (Eng yaxshi ishtirokchilar Google’da intervyuga taklif qilinishi mumkin). kick start haqida bu yerda ko’rishingiz mumkin. 2022 yilgi musoboqa uchun hozir ham ro’yhatdan o’tish mumkin.

Hacker Cup [Meta]

hacker cup Meta (Facebook) tomonidan 2011 yildan uyushtirib kelingan dasturlash musoboqasi bo’lib, algoritmik misollarni yechishdan iborat bo’lib, bir nechta roundan tashkil topgan. Har bir rounda yaxshi na’tija ko’rsatgan ishtirokchilar keyingi rounda o’tishi mumkin bo’ladi.

Advent Of Code

advent of code katta kompaniyalar tomonidan uyushtirilmasa ham, misollarning sarguzashtarga boy tarzda tuzilgani hamda qiyinlik darajasi uchun ham ko’pchilik dasturchilar tomonidan har yili ishlanadi. Musoboqa 25 ta misoldan tashkil topgan bo’lib, 1-dekabrdan 25-dekabrgacha har kuni bitta masala qo’yib boriladi. Asoschining e’tirof etishicha Facebook, Google dagi dasturchilar ham misollarni ishlab borishadi.

Speed Coding Challenge [Toptal]

Va nihoyat, algoritmik masalalardan to’xtab, dasturchini o’zi topgan har qanday yo’l orqali misollarni ishlay olishi mumkin bo’lgan musoboqa. speed coding challenge Toptal tomonidan uyushtirilib, yaxshi na’tija ko’rsatgan ishtirokchilar platformaga taklif qilinadi. Misollarni 3 minut davomida kim qanday yo’l orqali ishlab, topshira olishi tekshiriladi. speed coding challenge haqida to’liq bu yerda.

Xulosa

Bu meng bilgan hamda juda ko’p narsa o’rgansa bo’ladigan musoboqalar. Quyida code jam [Google] dagi 2003 yildan beri ko’rsatilgan na’tijalar. Unfortunately, hali O’zbekistonlik dasturchilar o’rin egallamagan.

Toptal Interview Pass Congratulations

Menimcha endi O’zbekistonlik dasturchilar ham bu musoboqalarda qatnashib yaxshi na’tija ko’rsata oladigan vaqtlar keldi deb o’ylayman. Buning uchun bu musoboqalardan xabardor bo’lish va doimiy tarzda qatnashib borish juda foydali bo’ladi.

Rahmat.

You can also subscribe to my telegram channel where I share new articles, tech-related posts and more.

- subscribers