Dasturchilikda aniqlik
Farrukh Atabekov / January 17, 2023
2 min read • ––– views
Dasturchillik faoliyatim davomida tajribali hamda tajribasi kam bo’lgan dasturchilar orasidagi yaqqol ko’zga tashlanadigan farqlardan bittasi bu aniq va ravonlik. Qilayotgan ishi haqida aniq tushunchaga ega bo’lgan dasturchining ishida ham unumdorlik va sifat ko’zga tashlanib turadi va aksincha qilinayotgan vazifa haqida mujmal tushunchaga ega bo’lgan dasturchilarda sekinlik va oqsoqlik kuzatiladi.
Aniqlikni har bir qilayotgan ishingizda maqsad qiling va oldingizdagi vazifa aniq bo’lmasa, uni boshlashdan oldin yaxshilab aniqlashtirib oling va ishonarli bosqichlar bilan bog’lang.
Kuzatishlarimga ko’ra aniqlik bu dasturchining har bir kundalik ishlarida muhim rol o’ynaydi:
- Ishga topshirayotgandagi intervyular. Yozgan kodingiz qanchalik to’gri hamda xatosiz ishlashidan qa’ti nazar tutgan yo’lingizni aniq va ravon tushuntirib bera olmasangiz, intervyu oluvchida yaxshi taassurot qoldirishingiz qiyin.
- Har doim o’rganadigan dasturlashga oid mavzular. Biror bir konseptni o’rgansangiz lekin uni boshqalarga yanada soddaroq va aniq tushuntirib bera olmasangiz, uni o’zingiz ham yaxshi tushunmagan bo’lishingiz va tez orada xotiradan ko’tarilishi mumkin. Dasturlashga oid bilimlarni aniq tushuntirib bera olish, keyinroq ish jarayonida ham biror bir yondashuv nega boshqasidan afzalroq ekanligini boshqa dasturchilar yoki boshqaruvchingizga tushuntirishda ham muhim rol o’ynaydi.
- Boshqa dasturchilardan savollar so’rashda savolingiz aniq bo’lmasa, unga aniq va ravon javob ola olmaysiz va bu siz haqingizda ham yaxshi taassurot qoldirmaydi.
- Standup and kundalik video call yoki uchrashuvlar davomida qilayotgan yoki qilgan ishingizni aniq tasvirlab bera olmasangiz, bu siz qilgan ishga nisbatan boshqalarda ishonchsizlikni paydo bo’lishiga olib keladi. Qilayotgan ishingizda aniqlikni ustuvor qiling va uni yaxshi tushuntirib bera olishni odat qiling.
Bular hammasi shaxsiy tajribamdan. Ko’p hollarda qilayogan ishimda va bilimimda aniqlik past ekanligini his qilaman va bu menga ancha pand bergan deb o’ylayman.
O’zimda aniqlikni rivojlantirish uchun quyidagi odatlarni shakllantiryapman:
- Qilayogan ishim haqida va o’rgangan texnologiyalarim haqida davomiy yozib borish va boshqalardan feedback olish. Visit me at my site
- Boshqalar bilan bilgan texnologiyalarim to’g’risida fikr almashish va muhokamalashish. Toptaldagi React Native channeliga online leader bo’lganim bunda ancha qo’l kelyapti.
- Intervyular olish hamda topshirish. Yangi ishga o’tish maqsad bo’lmasa ham, menimcha 30 minut davomida kimningdir yoki o’zingizning bilimingizni sinash bilgan narsalaringizdagi bo’shliqlarni topishingizda yordam beradi.
Aniq va ravonlikni maqsad qiling !
You can also subscribe to my telegram channel where I share new articles, tech-related posts and more.
- subscribers